Restoran va Kafelar uchun

Mijozlaringizni sodiq mijozlarga aylantiring

SodiqCafe — kafeingiz uchun zamonaviy raqamli menyu, NFC va QR orqali tezkor kirish, Telegram bot va mijozlar sodiqligi tizimini birlashtirgan platforma.

Imkoniyatlar

Nega aynan SodiqCafe?

Mijozga qulaylik, kafe egasiga esa zamonaviy boshqaruv.

NFC orqali menyu

Mijoz telefonini stolga o‘rnatilgan NFC belgiga tekkizadi va menyu bir zumda ochiladi. QR kod skanerlash shart emas.

Telegram Bot

Telegram bot barcha tariflarda mavjud. Mijozlar menyuni ko‘rishi, buyurtma berishi va kerakli ma'lumotlarni Telegram orqali olishi mumkin.

Cashback & Bonuslar

Mijozlarning xaridlarini hisobga oling, ularga bonus va cashback taqdim eting hamda qayta tashriflarni rag‘batlantiring.

Ishlash tartibi

Tizim qanday ishlaydi?

Mijoz uchun 4 qulay qadam — NFC yoki QR kod orqali buyurtmagacha.

1
NFC yoki QR

Mijoz telefonini NFC belgiga tekkizadi yoki QR kodni skanerlaydi.

2
Menyu ochiladi

Hech qanday ilova o‘rnatmasdan, brauzerda raqamli menyu ochiladi.

3
Buyurtma

Mijoz menyuni ko‘radi va Telegram bot yoki buyurtma tizimi orqali buyurtma beradi.

4
Qaytib kelish

Bonuslar va qulay xizmat mijozni kafengizga yana qaytishga undaydi.

Ishga tushirish tartibi

Atigi 3 qadamda kafengizni raqamlashtiring

SodiqCafe tizimini joriy qilish juda oson — biz jarayonning har bir bosqichida siz bilan birgamiz.

Tizimga ulanish va menyu yaratish

Siz uchun SodiqCafe tizimida admin panel ochamiz. Barcha taomlar, rasmlar, narxlar va boshqa ma'lumotlarni tizimga kiritasiz yoki bu ishni biz siz uchun amalga oshiramiz.

Admin Panel
1
NFC + QR
2

NFC va QR kodlarni joylashtirish

Har bir stol uchun maxsus NFC belgi va QR kod tayyorlanadi. Mijoz telefonini NFC belgiga tekkizib menyuni darhol ochishi yoki QR kod orqali kirishi mumkin.

Xodimlarni o‘qitish va ishni boshlash

Xodimlaringizga tizimdan foydalanishni tushuntiramiz. Shundan so‘ng kafe raqamli menyu, Telegram bot va bonus tizimidan foydalanishni boshlaydi.

Xizmat ko‘rsatish
3
Narxlar

Oddiy va qulay narxlash

14 kun bepul sinab ko‘ring. Keyin biznesingizga mos tarifni tanlang.

Start

Bepul

14 kunlik sinov muddati

  • Raqamli menyu
  • NFC orqali menyuga kirish
  • QR kod
  • Telegram Bot
  • 14 kun bepul
Bepul boshlash

Har-bir +100 foydalanuvchi

+$1 / +100 ta
Hisoblanmoqda...

Mijozlar bazasi hajmiga qarab

  • Har bir yangi +100 foydalanuvchi uchun atigi +$1.
  • Shu oy mobaynida faqat kamida 1 marta xarid qilgan foydalanuvchilar hisobga olinadi.
  • Bir oyda 1 foydalanuvchi xohlagancha xarid qilishi mumkin, lekin u faqat 1 marta hisobga olinadi.

Misol uchun:

580 foydalanuvchi — $11 630 foydalanuvchi — $12
Valyuta kursi tizim tomonidan avtomatik yangilanadi. Narxlar so‘mda joriy kurs asosida hisoblanadi.

Kafengizni raqamlashtirishga tayyormisiz?

Hozirning o‘zida so‘rov qoldiring. Menejerlarimiz sizga SodiqCafe tizimi haqida bepul ma'lumot berishadi.

+998 90 123 45 67
Toshkent sh., Chilonzor tumani
@sodiqcafe_admin

So‘rov qoldirish